O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari va ularning oila a'zolari bilan o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvlar yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ko‘rsatmasi bo‘yicha xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilish, qonunbuzulish hollarini sodir etmaslik maqsadida ishlab chiqilgan dasturga asosan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ishlab kelayotgan xodimlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish davom ettirib kelinmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun ya'ni 15 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor va Sergeli tumanlari bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari N.Tulabaeva va D.Mirsodiqovlar tomonidan tergovchilar orasida xizmat intizomi hamda qonun buzish holatlarini sodir etilishini oldini olish bo‘yicha xodimlar va ularning oila a'zolariga tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish davomida Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik J.A.Djalilov ham ishtirokchilarga qonunbuzilish salbiy holatlari hamda ularning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha so‘zlab, barchani ogohlikka chaqirdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech