Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari va ularning oila a'zolari bilan uchrashuvlar davom ettirilmoqda
IIV huzuridagi Tergov departamentining ko‘rsatmasi bo‘yicha xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilish, qonunbuzulish holatlarini sodir etmaslik maqsadida ishlab chiqilgan rejaga asosan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ishlab kelayotgan xodimlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish davom ettirib kelinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun ya'ni 11 iyun' kuni Toshkent shahrining Shayxontohur va Olmazor tumanlari bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari N.Tulabaeva va D.Mirsodiqovlar tomonidan tergovchilar orasida xizmat intizomi hamda qonun buzish holatlarini sodir etilishini oldini olish bo‘yicha xodimlar va ularning oila a'zolariga tushuntirish hamda tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish davomida Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik J.A.Djalilov ham ishtirokchilarga qonunbuzilish salbiy holatlari hamda ularning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha so‘zlab, barchani ogohlikka chaqirdi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar kelgusida Toshkent shahrining boshqa tumanlari va Respublikaning barcha viloyat IIBlari huzuridagi Tergov boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti