Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv tashkil etildi
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining koʼrsatmasi ijrosini taʼminlash hamda xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish, qonunbuzulish hollarini sodir etmaslik maqsadida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyatining dasturi ishlab chiqildi.
Ushbu dasturga asosan joriy yilning 09 iyunь kuni Toshkent shahar, Yunusobod va Mirzo Ulugʼbek tumanlari boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlinmalarining barcha shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuv davomida IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʼi polkovnik Z.Q. Аlimov tomonidan tergovchilar orasida xizmat intizomi va qonun buzish holatlarini sodir etilishini oldini olish boʼyicha xodimlar va ularning oila aʼzolariga tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Yigʼilish davomida Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti kadrlar boʼlinmasi boshligʼi podpolkovnik J.А.Djalilov va Vazirlik Oʼz xavfsizlik boshqarmasining Toshkent shahri boʼyicha boʼlimi xodimlari ham ishtirokchilarga qonunbuzilish salbiy holatlari hamda ularning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha soʼzlab, barchani ogohlikka chaqirdilar.
Ushbu yoʼnalishdagi ishlar kelgusida Toshkent shahrining boshqa tumanlari va Respublikaning barcha viloyat IIBlari huzuridagi Tergov boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi boʼyicha rejalashtirildi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti