O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari va ularning oila a'zolari bilan uchrashuvlar davom etmoqda

IIV huzuridagi Tergov departamentining ko‘rsatmasi ijrosini ta'minlash hamda xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qat'iy rioya qilish, qonunbuzulish holatlarini sodir etmaslik maqsadida Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyatining rejasiga ko‘ra, bugun 10 iyun' kuni Toshkent shahar Mirobod va Yakkasaroy tumanlari bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmalarining barcha shaxsiy tarkibi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergovchilar orasida xizmat intizomi va qonun buzish holatlarini sodir etilishini oldini olish bo‘yicha xodimlar va ularning oila a'zolariga tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish davomida Vazirlik huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik J.A. Djalilov ishtirokchilarga qonunbuzilishning salbiy holatlari hamda ularning ayanchli oqibatlari haqida atroflicha so‘zlab, barchani ogohlikka chaqirdi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar kelgusida Toshkent shahrining boshqa tumanlari va Respublikaning barcha viloyat IIBlari huzuridagi Tergov boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha rejalashtirildi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech