O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazm viloyati Xonqa tumanida sayyor qabul

Joriy yilning 15 iyun kuni Xorazm viloyati Xonqa tumanida bo‘lib turgan respublika ishchi guruhi tarkibida IIV huzuridagi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i mayor R.Bazarov tomonidan tumanda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida jami 16 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Qabul jarayonida 5 nafar fuqarolardan Ichki ishlar idoralariga xizmatga qayta tiklash va ishga kirish masalasida, 5 nafaridan surishtiruv va tergov harakatlari masalasida, 6 nafari esa fuqarolik va pasport-viza masalasida murojaat qilgan bo‘lib, ushbu murojaatlardan 6 tasi joyida qanoatlantirildi, 8 tasi bo‘yicha arizalar olinib, ijroga qaratildi va 2 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, vajlari tergov jarayonida ko‘rib chiqilishi tushuntirildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida ishchi guruh tomonidan viloyat va respublikaning boshqa hududlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech