Xorazm viloyatida sayyor qabullar yakuniga yetdi
Joriy yilning 15-16 iyun kuni Xorazm viloyati Xonqa, Yangibozor tumanlari va Xiva shahrida o‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlari Sh.Xodjaev, X.Maxsumov va R.Bazarov (Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i, mayor)lar tomonidan 142 nafar fuqarolar bilan bevosita ochiq muloqot o‘tkazilib, shundan 57 ta murojaat qabul qilindi.
Qabulda 19 ta ichki ishlar organlariga ish-o‘qishga kirish, 9 ta surishtiruv va tergov masalalarida, 2 ta mol-mulk va boshqa buyumlarni olib qo‘yish yoki qaytarmaslik, 26 ta fuqarolik va pasport-viza hamda1 ta ichki ishlar organlariga oid boshqa masalalardagi murojaatlar qabul qilindi.
Qabul jarayonida muammolarning 28 tasi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 17 ta murojaatlar ijroga qaratilib, ko‘rib chiqilishi alohida nazoratga olindi, 12 tasi bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.
Hozirda reja asosida ishchi guruh tomonidan respublikaning boshqa hududlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti