O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

9 may - “Xotira va qadrlash kuni"

Qirq beshinchi yildagi g‘alabali bahor tarixga yanada chuqurroq kirib bormoqda. Ammo shu davrda ajdodlarimizning ko‘rsatgan qahramonligi yillar davomida so‘nmasdan avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bu esa qahramonlikning yaqqol namunasi sifatida bugungi kunda bizga azmu- shijoat, usrayotgan barcha qiyinchilik va sinovlarni mardonavor yengishga yordam beradi.

9-may - Xotira va qadrlash kuni - g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat'iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish kunidir.

Bugun Sizlar serquyosh o‘lkamizning yuksak darajadagi qahramonlarisizlar. Mana shunday osoyishta hayotimiz uchun Sizlar tahlikali jang maydonida Ona vatanimizning tuprog‘i uchun dovyuraklik bilan charchoq nima ekanligini bilmay mardonavorcha kurash olib borib, "Hamma g‘alaba uchun" shiori ostida front ortida tinimsiz jasorat ko‘rsatib, o‘z xissangizni qo‘shgansiz.

Sizlar o‘sha dahshatli urushning barcha qiyinchiliklarini jasorat bilan qabul qilib bardosh berdingiz va Ona vatanimiz uchun qahramonona mustahkam poydevor bo‘ldingiz!

Biz ushbu mislsiz jasoratning ma'naviy kuchini yildan-yilga tobora keskin his qilmoqdamiz, sizning jasoratingiz va qahramonligingiz qanchalik muhimligini anglaymiz.

Aksariyat har bir o‘zbek oilasida g‘alaba qozonishga shaxsan hissa qo‘shganlar bor. Ko‘pchilik maktabning o‘zidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri frontga ketib, u yerda abadiy qolishdi, oldingi chiziqda, muhabbat, oila, tug‘ilgan farzandlarini baxtini ko‘ra olmay jang maydonlarida shaxidlarcha qurbon bo‘lishdi.

Askarlar ozodlik, tinchlik va kelajak, har bir fuqarolarimiz uchun o‘z jonlarini ham ayamay fido qildilar. G‘alaba uchun bag‘shida qilingan askarlarning jasorati va qurbonini hech qachon unutmaymiz.

Bobo va buvilar, ota-onalar, aka-uka, opa-singillar, o‘g‘il-qiz, turmush o‘rtoqlar, safdosh, qarindosh, do‘stlar xotirasiga sidqidildan bosh yegamiz. Bugun biz bilan birga bo‘la olmagan fidoiy faxriylarimiz uchun xotira ila qayg‘uramiz.

Bizning muqaddas burchimiz - haqiqiy qahramonlarni himoya qilish. Jasorat ko‘rsatgan ayrim faxriylarimiz turli mamlakatlarda yashayapsiz, lekin birgalikda yerishgan yutuqlaringizni bahosi beqiyos.

Biz barchangizni har doim hurmat qilamiz, hamma uchun yagona va abadiy bo‘lib qolgan G‘alabani ulug‘laymiz. Har bir o‘zbek oilasiga o‘sha davrdagi “urish” qayg‘u va behisob azoblar keltirgan. Biz hech narsani unutmadik, barchamiz G‘alaba jangchilarining qadr-qimmatini muntazam yeslab qadrlaymiz va sharaflaymiz.

Bugungi bayram barcha avlodlarni birlashtirib, qalblarni bir-biriga birlashtiradi, ko‘ngillarni yorug‘lashtiradi. Bugun biz his-tuyg‘ularimizni yashirmaymiz, yeslaymiz va sharaflaymiz, sizning xotirangiz abadiydir.

O‘tgan urushning saboqlari hali ham anchlidir. Askarlarimiz tomonidan ko‘rsatilgan jasorat, jang maydonidagi birdamlikning yaqqol namunasi, front ortidagi mehribonlik va rahmdillik bugungi kunda biz uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.

Odamlar halok bo‘lgan askarlarini xotirasini yuksak darajada sharaflashadi. Noma'lum askar, G‘alaba yodgorliklariga faxriy ramz sifatida gullar qo‘yishadi. Faxriylar o‘zlarining cheksiz hurmati va minnadorchiligini bildiradilar. Biz faxriylarni ko‘rgan so‘nggi avlodmiz, shuning uchun kelgusi avlod qahramonlarimizni yeslashi va unutmasliklariga barcha kuchlarimizni safarbar etishimiz darkor.

Biz hamjihatligimizdan faxrlanamiz, farzandlarimiz va nabiralarimiz biz bilan ekanligidan, ota-bobolarimiz va bobolarimizning qahramonlik yutuqlari haqidagi muqaddas xotirani ularning xotirasiga ta'sirchan yetkazishimiz hamda ularning jasorati, g‘alabalari abadiy yashashiga aminmiz.

O‘zbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech