Qabul - muloqot tizimi va muammolar yechimi
Joriy yilning 11 avgust kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Toshkent shahar va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi olib borilayotgan tergov harakatlaridan norozilik, 1 tasi tergovchining harakatlaridan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, 1 tasi bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi va Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti