O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qabul - muloqot tizimi va muammolar yechimi

Joriy yilning 22 sentyabr kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Namangan viloyatida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 2 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlari to‘liq olib borilmayotganligidan norozi  va 1 tasi  yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozilik masalasini  tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi 1 tasi bo‘yicha esa qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech