O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Andijon viloyati sudi hamkorligida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 13-may kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilari ishtirokida videokonferensiya tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Jinsiy erkinlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlarini olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari, bu turdagi jinoyatlarni tergov qilish taktikasi, tergov qilishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar” mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan Andijon viloyati sudi sudyalari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech