O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijon viloyati IIBda IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan “Surxondaryo tajribasi”ni joriy qilish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi

Jinoyat ishlarini protsessual muddatlarni belgilash bo‘yicha yangi amaliyotni joriy etishga qaratilgan qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik M.A. Sattarov rahbarligida Andijon viloyati IIBda seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari, viloyat hamda tuman IIB sohaviy xizmat rahbarlari, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlar ishtirok etdi.

Unga ko‘ra ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat ishlarini qisqa muddatlarda tamomlashga qaratilgan “Surxondaryo tajribasi”ni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilinib, mazkur amaliyotning o‘ziga xos jihatlari, tergovga qadar tekshiruvni har tomonlama to‘liq va sifatli o‘tkazish, jinoyat ishlarini tamomlashda “yarashuv” va “aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” institutlarini qo‘llash amaliyotini yana-da kengaytirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Seminarda Jinoyat-protsessual kodeksida ko‘rsatilgan talablarga rioya etish, jinoyat ishi doirasida ishtirokchilarning barcha vajlarini tergov yo‘li bilan tekshirish, dalillarni qonuniy asosda to‘plash va xolisona baholash, protsessual tartibda rasmiylashtirish, bu borada xodimlar malakasini doimiy oshirib borish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu chora-tadbirlar jinoyat ishlarini samarali, tezkor va qonun talablariga to‘liq rioya etgan holda tamomlashga, eng protsess, protsess ishtirokchilarini ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ovoragarchilikni oldini olishga xizmat qiladi.

Text to speech