O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi yuzasidan o‘quv mashg‘ulot tashkil etildi

Ichki ishlar organlaridagi maʼmuriy binolarda tashkil etilgan so‘rovxonalardan foydalanish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi iiv huzuridagi Tergov departamentining ko‘rsatmasi asosida Qashqadaryo viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim tergov bo‘limlari xodimlari tomonidan “Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” gi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘ini shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida mashg‘ulot ishtirokchilariga yo‘riqnoma talablari to‘liq yetkazildi hamda amaliyotda uchraydigan muammolar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Ximmatov tomonidan barcha shahar-tuman IIBlardagi so‘rovxonalar ko‘rib chiqilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan amaliy yordam berildi.    

 

Text to speech