Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I.Ximmatov tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, joriy yilning 31 mart kuni Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi mayor F.U.Islomov hamda taklif etilgan viloyat Kambag‘allik va bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
Shu bilan birga mashg‘ulot davomida Tergov boshqarmasi katta tergovchisi kapitan S.S.Ismatov tomonidan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati yetkazildi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti