O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qaşqadaryo viloyati IIBda fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul ötkazildi

Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasida fuqarolarning murojaatlarini tinglaş, ularni qiynayotgan muammolarga yeçim topiş hamda aholining murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş maqsadida navbatdagi qabul taşkil etildi.

Unda viloyat IIB boşliğining örinbosari — Tergov boşqarmasi boşliği Muzaffar Rahmatullayev iştirok etib, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tingladi va kötarilgan masalalarni atrofliça örgandi.

Qabul davomida jismoniy va yuridik şaxslar vakillarining turli yönalişlardagi murojaatlari körib çiqildi. Xususan, içki işlar organlarida olib borilayotgan suriştiruv va tergov harakatlari, profilaktika xizmati faoliyati hamda içki işlar organlarida xizmat qiliş istagidagi fuqarolarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, qabul jarayonida ayrim fuqarolar bilan onlayn muloqot taşkil etilib, ularning murojaatlari masofadan turib tinglandi hamda mavjud muammolar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.

Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bölsa, qöşimça örganiş va vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegişli topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul davomida har bir murojaatni xolisona örganiş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş hamda kötarilgan masalalarni qonunçilik talablari asosida hal etiş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Tergov departamenti

Text to speech