O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qashqadaryo viloyati IIBda Vazir o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida o‘tgan yil yakuniga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi videoselektor orqali qatnashdi.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapovning o‘tgan yilda viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo‘lharakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining joriy yil 3 yanvar kunidagi PQ - 1 - son qarori talablarini ijro etish va amaliyotga keng joriy etish bugungi kun talabi ekanligini ta’kidladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida rahbariyatning qat’iy talab va topshiriqlarini xodimlarga yetkazdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatda jamoat tartibini saqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, mol-mulk daxlsizligi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.
Tahliliy yig‘ilishda ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatda erishgan yutuqlari bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan shahartuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choratadbirlar xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Xizmat davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan sohaviy xizmatlarning ayrim xodimlari faoliyati muhokama etilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Yakunda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov kuzatilgan yilda viloyatda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tanqidiy  tahlil etib, jinoyatlarni fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yana-da kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha choratadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini amaliyotga keng joriy etish maqsadida viloyatda jinoyatlar va huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda Dastur va hududiy “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgani qayd etildi.

Viloyatning qizil toifaga kiruvchi mahallalarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun bir guruh masʼul xodimlar ogohlantirilib, bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish borasida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, masʼuliyati oshirildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Biriktirilgan hududda jinoyatlarning oldini olib, xizmatda muvaffaqiyatga erishgan, ichki ishlar organlarining imidjini oshirishga qo‘shga hissasi uchun bir guruh xodimlar Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech