Bayram munosabati bilan nafaqadagi xodimlarning holidan xabar olindi
Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tergov tizimida samarali xizmat qilgan nafaqadagi polkovnik Li Valeriy Dyunbonovich, polkovnik Li ViktorDyunbonovich, podpolkovnik Mamadaliyev Tojiboy Axmadovich va podpolkovnik Xatamova Muxtaram Abdullayevnalarnini yashash xonadoniga borib, ularni "25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan tabrikladi.
Shuningdek, ularga IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining tabriknomasi hamda o‘zlarining xizmat faoliyati aks ettirilgan “Tergov faxriylari” kitobi topshirildi.
Bu kabi ehtirom tadbirlari faxriylarning el-yurt osoyishtaligi yo‘lidagi beqiyos xizmatlarini qadrlash barobarida yoshlar qalbida bugungi tinch va farovon kunlarimizga shukronalik tuyg‘ularini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti