Bayram munosabati bilan nafaqadagi xodimlarning holidan xabar olindi
“25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan sohada uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Yahyojon Abdulxakov rahnomoligi ostida tayyorlanib chop etilgan tergov xizmati tarixi va bugungi kunini o‘zida aks ettiruvchi “Tergov xizmati faxriylari” kitobi hamda Vazir o‘rinbosarining bayram tabriknomasi topshirilib, ularga hurmat- ehtirom ko‘rsatildi.
Uchrashuvda, faxriylarning tergov xizmatida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, el-yurt osoyishtaligini taʼminlashda va jinoyatchilikka qarshi kurashishda munosib hissa qo‘shganligi, ibratli hayot yo‘li va boy amaliy tajribalari yosh tergovchilarga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi mamnuniyat bilan tilga olindi.
Shuningdek, “Tergov xizmati faxriylari” kitobida hayoti va kasbiy faoliyati aks ettirilgan marhum faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurilib, oila-aʼzolari holidan xabar olindi. Tashrif chog‘ida, marhumlarning xotirasi yodga olinib, oila-aʼzolariga “Tergov xizmati faxriylari” kitobi esdalik uchun topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti