Beruniy, Ellikqalʼa va To‘rtko‘l tumani IIBlarining sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkibi va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021 yilning 09 mart kuni soat 11:00 da Beruniy tumani IIB majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda vazirlik Ekspert-kriminalistika bo‘limi rahbariyati ishtirokida, Beruniy, Ellikqalʼa va To‘rtkul tumani IIBlarining yuqoridagi sohaviy xizmatlari shaxsiy tarkibi va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xodimlarning tartib va ijro intizomiga to‘liq rioya qilishlari, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan tamagirlik va salbiy holatlar aytilib, ularning fikr va takliflari eshitilib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.
Yig‘ilish yakunida yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan bir nechta xodimlarning ota-onalariga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Yig‘ilishdan so‘ng, yuqoridagi tuman IIBlarining tergov bo‘linmalari xodimlari bilan alohida qisqa muddatli yig‘in o‘tkazilib, tumanlarning 2 oylik ko‘rsatkichlari, ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlari muhokama qilindi hamda Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatma talablari bajarilishi bo‘yicha axborotlari eshitildi.
Shuningdek, shu kuni soat 17:00 da Nukus shahri bo‘yicha IIO FMBning majlislar zalida xam ota-onalar bilan uchrashuvlar davom ettirilib, uchrashuvga Nukus shahar, Amudaryo, Nukus, Xujayli va Taxiatosh tumanlari IIBlaring yuqoridagi sohaviy xizmat shaxsiy tarkibi va ularning yaqin qarindoshlari qatnashib, IIO xodimlariga yaratilgan sharoitlar va xodimlar tomonidan sodir etilayotgan har bir salbiy holatlar muhokama qilinib, ota-onalarning muammo va takliflari eshitildi.
Uchrashuvda yaxshi ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan bir nechta xodimlarining ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti