BILIM – TAJRIBA – KO‘NIKMA
Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipovning tashabbusi bilan joriy yilning 16 sentyabr kuni Navoiy viloyati prokuraturasidagi “TERGOV POLIGONI” da prokuratura, ichki ishlar organlari hamda davlat xavfsizlik xizmatining surishtiruvchi va tergovchilari ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv smenar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Unda, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sh.Sharipov o‘zining tergov organlaridagi ko‘p yillik mehnat ish tajribalarida ottirgan bilim, tajriba va ko‘nikmalari asosida yosh surishtiruvchi va tergovchilarga hodisa joyiga chiqilganda qanday harakat qilish, kriminalistik texnikalardan foydalanish, ishga aloqador har qanday (barmoq, oyoq va buzilish izlari, trassalogik, biologik, ballistik izlar va h.k) ashyoviy dalillarni olish va qadoqlash tartiblarini Rossiya Federatsiyasi tomonidan jamlangan “VOLKSWAGEN CRAFTER” mikroavtobus bazasidagi harakatdagi kriminalistik laboratoriya ishtirokida ko‘rgazmali tarzda tushuntirib o‘tdi.
Laboratoriya – jinoyat va hodisa joylariga chiqib, kriminalistik ko‘zdan kechirish, ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillarni qidirish, aniqlash, olish va dastlabki tadqiqotdan o‘tkazish uchun mo‘ljallanganini kriminalistik texnika vositalariga tarif bergan holda tushuntirib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.
Amaliy o‘quv smenar mashg‘uloti qizg‘in baxs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti