D.Ro‘zmetov bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo'yicha o'tkazilgan brifing
2019 yil 12 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining majlislar zalida fuqaro D.Ro‘zmetov bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va fuqaro N.Ollashukurovani ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga yotqizilganligi xolati yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Brifingda agentlik direktori K.Allamjanov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili-Ombudsman U.Muxammadiev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari A.Obidov, IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Giyasov, Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari A.Pulatov, viloyat IIB YHXB boshlig‘i Sh.Bayxurazovlar va televidenie hamda internet tarmog‘i jurnalistlari, gazeta muhbirlari, ijtimoiy tarmoq blogerlari ishtirok etishdi.
Brifing davomida ommaviy axborot vositalari xodimlarining D.Ro‘zmetovning vafot etganligi va N.Ollashukurovaning ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga yotqizilganligi hamda uning hozirgi kundagi ahvoli va oilasining sharoiti haqidagi bergan savollariga IIV, SSV, Oliy sud xodimlari va agentlik direktori K.Allamjanov tomonidan batafsil javoblar berildi.
Brifingda marhum D.Ro‘zmetovning jiyani F.Ro‘zmetov so‘zga chiqib, amakisi bilan bog‘liq YTH bo‘yicha hech kimga da'vosi yo‘qligini, blogerlardan internetda bu holatni ortiqcha bo‘rttirib izoh bermasliklarini ma'lum qildi.
Shu bilan birga N.Ollashukurovaning advokati va marhum D.Ro‘zmetovning tanishi U.Davlatov chiqib, 06.11.2019 yilda Urganch shahriga kelib, marhum D.Ro‘zmetov bilan uchrashganligini, D.Ro‘zmetov unga HMQO tomonidan faoliyati davomida hech qanday tazyiqlar o‘tkazilmaganligini, tergov idorasi tomonidan YTH bo‘yicha berilgan ma'lumot to‘g‘riligini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti