O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti xodimlari ishtirokida brifing.

Bugun, 22 fevral' kuni Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi anjumanlar zalida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmatining tashabbusi bilan brifing o‘tkazilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek, OAV vakillari hamda aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan “Korean and Migrations xususiy bandlik agentligi” MChJ faoliyati bilan bog‘liq qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha holatlarga munosabat bildirildi. 

Tadbirga, barcha OAV vakillari, blogerlar hamda qiziqish bildirgan boshqa fuqarolar ham taklif etilgan.

Brifingda IIV huzuridagi Tergov departamentining xodimlari xususan mazkur jinoyat ishini tergov qilishga bevosita aloqador xodimlar faol ishtirok etib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berib, aholi orasida noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqalishini oldini olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech