Buxoro tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan 16.04.2021 yilda Buxoro tumani Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 14 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar mazmunan tahlil qilinganida: 4 tasi jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni undirilishida amaliy yordam berish, 2 tasi jarima maydoniga joylashtirilgan avtotransport vositalarini chiqarish, 4 ta murojaat jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy yengillik berish, 2 ta murojaat qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bo‘yicha yaqin qarindoshlariga uchrashuv berish, 2 ta murojaatda jinoyat ishi bo‘yicha qabul qilingan yakuniy qarorlarning qonuniyligini qayta ko‘rib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 8 tasi joyida hal qilindi, 6 ta murojaat yurituvga olinib, tekshirib ko‘rish maqsadida xodimlarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, birinchi marotaba chet elga chiqish pasportini olayotgan fuqarolarga pasportlar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti