O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Namunali tergovchi” va “Namunali surishtiruvchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarining Tergov bo‘linmalarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning kasbiy, xizmat va jangovar tayyorgarligini oshirish, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da kuchaytirish, bilim saviyasini, siyosiy va ijtimoiy qarashlari, shu bilan bir qatorda maʼnaviy dunyoqarashini yana-da kengaytirish maqsadida, “Namunali tergovchi” va “Namunali surishtiruvchi” ko‘rik tanlovi o‘tkazish belgilangan.

Shu maqsadda, Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi va IIV Malaka oshirish instituti Buxoro filiali bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘rik tanlov natijasiga ko‘ra, “Namunali tergovchi” nominatsiyasida 1-o‘rinni Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi katta tergovchisi katta leytenant A.Xayrullayev, 2-o‘rinni Buxoro shahar IIO FMB 3-son IIB tergov guruhi tergovchisi leytenant T.X.Bahodirov va 3-o‘rinni Buxoro shahar IIO FMB 4-son IIB tergov guruhi tergovchisi leytenant Sh.Rasulovlar egalladi.

«Namunali surishtiruvchi» nominatsiyasida 1-o‘ringa Buxoro shahar IIO FMB 4-son IIB tergov guruhi katta surishtiruvchisi leytenant L.K.Toshpo‘lotov, 2-o‘ringa Kogon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi katta surishtiruvchisi leytenant B.B.Toshev va 3-o‘ringa Vobkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi S.I.Jo‘rayevlar munosib deb topildilar.

Ko‘rik tanlov g‘oliblari Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar va ularga viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech