O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18 yanvar kuni Buxoro viloyati Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari hamda ekspert kriminalistika bo‘limi xodimlaridan iborat tarkibda 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish, huquq-tartibotni, fuqarolarning osoyishtaligi hamda xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Xasanov Oqil Axadovich o‘z xizmat vazifalarini bajarishga sidqidildan yondashib, vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini taʼminlashda fidokorona xizmat olib borayotgan, faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan Tergov va ekspert-kriminalistika xizmati xodimlariga faxriy yorliq va qimmatbaho texnika buyumlarini topshirdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech