Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Oqil Hasanov huzurida xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan videokonferensaloqa tarzida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Dastlab, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari o‘tgan davr mobaynida tergov xodimlari uchun yaratib berilgan sharoitlar, amalga oshirilgan ijobiy ishlar va yo‘l-qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan maʼlumot berib, tergov xodimlarini xizmat faoliyatlari davomida korrupsion va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari, jinoyat ishlari hamda tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha protsessual harakatlarni kodeks talablari asosida olib borishlarini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Yig‘ilish so‘nggida, tergovchi va surishtiruvchilarning ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlarini belgilangan muddatda qonuniy hal etishlari bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida aniq vazifalar belgilab olindi.