Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan viloyat ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibi eʼtiboriga Oliy sudi plenumining ayrim qarorlarini mazmun-mohiyati yetkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning ko‘rsatmasiga asosan Buxoro viloyati IIB tergov bo‘linmalari xodimlari, viloyat ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan shaxsiy tarkib eʼtiboriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 23.06.2023 yildagi “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 16-sonli, “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 17-sonli, “Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 18-sonli va “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 19-sonli Qarorlari mazmun-mohiyati yetkazishdi.
Shu bilan bir qatorda, mazkur o‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarga jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ko‘rib chiqishda amaldagi qonunchilik normalarini qo‘llash, jumladan shaxsni ushlab turish, tintuv tergov harakatlarini o‘tkazish hamda protsess ishtirokchilarini konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash borasida misollar keltirgan holda tushunchalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti