Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari ishtirokida navbatdagi videoselektor tarzida o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Xodimlarining bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil qilingan o‘quv-seminarda "Internet tarmog‘i orqali sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish metodikasi hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolar va xizmatlararo hamkorlik" va “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya va uni ichki ishlar organlari faoliyatidagi ahamiyati” mavzulari bo‘yicha masʼullar tomonidan maʼruzalar qilinib, uning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tegishli ko‘rsatmasiga muvofiq tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulotida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti