O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro viloyati Tergov boshqarmasining xodimlari uchun yangi o‘quv qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26 may kuni Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va quyi tergov bo‘linmalari xodimlari ishtirokida Ichki ishlar vazirligi Tergov xizmati faxriysi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura fakulteti dotsenti A. Sharofutdinovning “Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatini rasmiylashtirish tartibi” nomli o‘quv qo‘llanmasining taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda A. Sharofutdinovning shaxsan o‘zi ishtirok etib, qo‘llanmaning mazmun-mohiyati hamda uning yaratilish jarayoni haqida so‘zlab berdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilish davomida A.Sharofutdinov o‘zining boy amaliy tajribasidan misollar keltirib xodimlarga o‘zining qimmatli maslahatlarini berib o‘tdi.

Tadbir qatnashchilari qo‘llanmadagi maʼlumotlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, u barcha tergovchi va surishtiruvchilar uchun foydali dasturulamal bo‘lib xizmat qilishini taʼkidladilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech