O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bo‘zatov tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2021 yil 15 aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bo‘zatov tumanidagi Xalq qabulxonasi bo‘limi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev, Bo‘zatov tumani Xalq qabulxonasi bo‘limi boshlig‘i N.A.Nagmetov, Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik R.S.Turganbayev hamda tegishli tashkilotlarning masʼul rahbarlari ishtirokida Bo‘zatov tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazdi. 

Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning turli masalalari yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, fuqarolarning “jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararning qoplanishida hamda tuman hokimiyatidan moddiy yordam olishda amaliy yordam berish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tumandagi fuqarolardan kelib tushgan ko‘p murojaat hamda jinoyat qayd etilgan “Bo‘zatovPFY,ga borib, mahalla raisi va faollari bilan uchrashib, u yerda jinoyatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganildi va kelgusida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligi hamda fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda mahallabayva fuqarobay ish tashkil qilish, “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”lariga hisobga olingan fuqarolarni xatlovdan o‘tkazib borish, mehnatga layoqatli ishsizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatib borish lozimligi haqida tushuntirildi va tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, maʼmuriy hudud profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishib, tegishli masʼullarga huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech