Buxorodagi kanalizatsiya tizimida ishlayotgan 3 nafar fuqaro vafot etdi, yana bir esa shifoxonada
2020 yil 24 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda “Buxoro maxsus suv ko‘rilish” MCHJ xodimlari Buxoro viloyati, Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulash ishlarini olib borayotgan vaqtida, ishchilar 47 yoshli A.K. va 45 yoshli S.b., quvurlarni montaj qilish jarayonida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanishlari oqibatida sog‘ligining yomonlashganligi sababli hushidan ketganligi uchun ularning sherigi 27 yoshli Z.Sh., ularga yordam berish maqsadida kanalizatsiya quvuriga tushgan vaqtida u ham kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketganligini ko‘rib, ularning yana bir sherigi 41 yoshli S.A., yordam berish maqsadida ushbu quvurga tushib zaharlanishdan hushidan ketgan. Atrofda to‘plangan aholi tomonidan faqatgina S.A.,gina qutqarib qolingan bo‘lib, uning sheriklari 47 yoshli A.K., 45 yoshli S.b. va 27 yoshli Z.Sh.,lar esa hodisa joyida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib vafot etgan.
Hozirda fuqaro S.A., shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, tergovga qadar tekshiruv harakatlati olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti