
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlar jalb etiladi va ularga haq to‘lanadi
Navoiy viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Tergov boshqarmasi hamda tuman va shahar tergov bo‘linmalariga Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qaroriga ilova qilingan Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomi bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasida tergov boshqarmasi, tuman va shahar tergov bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdilar. O'quv seminarida Nizomga muvofiq, jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi xususida huquqiy tushuncha berildi.
O‘zbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti