O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qarshi aholisi uchun sayyor qabul

2021 yil 09 fevral kuni Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N. Atanazarov rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik A.O. Ergashov ishtirokida Qarshi shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 17 nafar fuqarolar qabul qilindi. Murojaatlarning 10 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi, 4 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va 3 tasi Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech