O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namanganning Uychisida fuqarolarning tergov bilan bog‘liq muammomalari o‘rganildi

2020 yilning 12 noyabr kuni Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan Uychi tuman Madaniyat markazida, Uychi tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida jami 8 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Shundan, 3 nafari jinoyat ishlari yuzasidan qonuniy yengillik qo‘llashda amaliy yordam berish, 1 nafari yashash uyida sodir etilgan o‘g‘irlik vaqtida yo‘qolgan biometrik pasport hamda diplomni topib berish, 1 nafari mahalladoshiga nisbatan qonuniy chora ko‘rish hamda qolgan 3 nafari fuqaro Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov va surishtiruv harakatlari yuzasidan og‘zaki minnatdorlik bildirgan bo‘lsa, ularning 6 tasi joyida qanoatlantirildi hamda 2 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech