O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Mehnati munosib taqdirlandi

25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati hamda vazifalariga sidqidildan yondashib, mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish, karantin obyektlarida jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, saralash va taqsimlash markazlarida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelayotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan IIV huzuridagi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i mayor Ismatov Inomjon Neʼmatillayevichga muddatidan oldin podpolkovnik unvoni berildi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti kelgusida rahbarga ish faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech