O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoshlar “Zakovat” o‘yinida bellashdi

Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida barcha shahar-tumanlarning 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlardan iborat jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tkazilmoqda.      

Chiroqchi tumanining “Ziyo” jamoasi, Shahrisabz tumanining “Yustitsiya” jamoasi, Yakkabog‘ tumanining “Burgutlar” jamoasi, Shahrisabz shahrining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi, Kitob tumanining “Ishonch” jamoasi va boshqalar Tergov boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, bellashuvning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech