Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik M.A.Sattarov rahbarligida fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi
Mazkur qabulga Farg‘ona viloyatining barcha hududlaridan surishtiruv va dastlabki tergovga oid muammo va shikoyatlari mavjud bo‘lgan fuqarolar taklif etildi.
Qabul davomida jami 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning 5 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari Tergov boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, har haftaning seshanba kuni mazkur turdagi murojaatlar bo‘yicha qabullar o‘tkazish belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti