
Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida o‘quv-seminar tashkil qilindi
Tashkil etilgan mashg‘ulotlar viloyat IIB Tergov boshqarmasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazildi.
Unda Respublika Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining "Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda protsessual qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan" qo‘shma ko‘rsatmasi hamda Oliy sud Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi qarori va yuqoridagi hujjatlar asosida xodimlar oldiga qo‘yiladigan vazifalar shaxsiy tarkibga yetkazildi.
Videoselektor tarzida o‘tgan o‘quv seminarida Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Tergov boshqarmasi, Farg‘ona shahar IIB xodimlari hamda barcha shahar-tuman IIBdan yuqoridagi sohalarning barcha xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti