O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyati IIB da Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari uchun navbatdagi o‘quv- seminar tashkil etildi

Videoselektor tarzidagi o‘tkazilgan seminarda Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining raisi, sudyalar, viloyat prokuraturasi xodimlari hamda barcha shahar va tumanlardan sudya va prokurorlar, tergov bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M.A. Sattarov olib bordi.

Seminar davomida surishtiruvchi va tergovchilar tomonidan amaliyotda jinoyat huquqi normalarini qo‘llashda hamda jinoyatlarni tergov qilish mobaynida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar hamda sudlar tomonidan chiqarilayotgan xususiy ajrimlarda ko‘rsatilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Mashg‘ulot tergovchi va surishtiruvchilarning bilim va mahoratini yana-da oshirishga xizmat qildi. Amaliyotda uchrayotgan muammolarga yechim topildi.

Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Text to speech