O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyati IIB tergov boshqarmasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan carhisob yig‘ilishi o‘tkazildi

Unda Tergov boshqarmasi rahbariyati, mas’ul xodimlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarining tergov bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Elyorbek G‘aniev 2024 yilda  tergov xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan muhokamalar o‘tkazdi.

Ma’lumki, tergov sohasi ichki ishlar organlarining eng mas’uliyatli bo‘g‘ini sanaladi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan hamohang ravishda tergov faoliyatini yanada  takomillashtirish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sarhisob yig‘ilishida ana shu jihatlar haqida alohida to‘xtalib, tergov va surishtiruv xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish, xizmat intizomini yaxshilash, tergov sifatini o‘zgartirish va sud organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida zarur topshiriqlar berildi.

Hududiy tergov bo‘linmalari faoliyati tahlil qilinib, bo‘linma rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish so‘nggida sohada na’muna ko‘rsatgan bir guruh xodimlar rahbariyat tomonidan rag‘batlantirildi. Shuningdek, 2025 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan eng ustuvor vazifalar belgilanib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech