Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar-tuman bosqichlari o‘tkazilmoqda
Ichki ishlar vazirining hamda Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida Furqat tumanida otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi.
Zakovat intellektual o‘yinida tumanning 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi bilimdon yoshlardan tashkil topgan jamoalar bahs olib bordilar.
Bellashuv yakunida g‘olib jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.