O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan  o‘quv mashg‘ulot tashkil etildi

Unda ichki ishlar organlaridagi maʼmuriy binolarda tashkil etilgan so‘rovxonalardan foydalanish yuzasidan Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasi asosida viloyat hamda shahar-tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari  hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida videoselektor shaklida seminar mashg‘uloti tashkil qilindi.

Tadbirda xodimlarga “Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” gi  Ichki ishlar vazirining buyrug‘i yetkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilarga yo‘riqnoma talablariga to‘liq amal qilish, amaliyotda uchraydigan muammolar yuzasidan tushunchalar berildi.

Text to speech