Farg‘ona viloyati Quva tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
2021 yiling 02 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari mayor A.Kozimov rahbarligida Quva tumani Xalq qabulxonasi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish va ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman hokimligi vakillari, jamoat birlashmalari hamda tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.
Qabul jarayonida jami 7 nafar fuqarolar turli sohalar bo‘yicha murojaat qilishdi, shulardan 6 tasi tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari yuzasidan, ulardan 1 tasi joyida ijobiy hal qilindi, qolganlari esa ijroga qaratildi.
Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti