O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyatida tergov sifati va ish samaradorligini yanada yaxshilash yuzasidan amaliy choralar belgilanmoqda

Xususan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ishchi guruhi Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlaridagi tergov bo‘linmalarida bo‘lib, amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Tergovchilarning xizmat olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tergovchilar bilan yaqindan suhbatlashib, mavjud muammolari o‘rganilmoqda.

O‘rganishda, navbatchilik qismlarida tezkor-tergov guruhlarini o‘z vaqtida hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqarish holatlari, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi sohaviy xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etilib, kunlik kelib tushgan jinoyatga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish, qonuniy hal etish borasida shahar-tuman IIB boshliqlariga, sohaviy xizmat rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bunda, xodimlarning ish yuklamalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, shu bilan birga, “Surxondaryo tajribasi” asosida jinoyat ishlarini sifatli tergov qilish va ushbu amaliyotni samarali yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.

Jinoyat ishlarini tamomlashda «yarashuv» va «aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv» institutlarini qo‘llash borasida tushuntirishlar berildi.

Asosiysi, protsess ishtirokchilarining ortiqcha ovoragarchiligini oldini olishga qaratilgan choralarga e’tibor qaratilmoqda.

Farg‘ona viloyatida ishchi guruh o‘rganishlari davom etmoqda.

Tergov departamenti

Text to speech