Fuqarolar uchun navbatdagi qabul tashkillashtirildi
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni sohaga doir qiynayotgan masalalarini aniqlash va ularga qonuniy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida jami 111 ta murojaat kelib tushdi. Tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv va dastlabki tergovga oid 86 ta, 3 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 11 tasi kadrlar masalalari va 11 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.
Tergov yo‘nalishiga oid murojaatlarning 24 tasi (28 foizi) qabul jarayonining o‘zida hal etildi, 20 tasi (23 foizi) yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan qolgan 42 ta murojaatlar (49 foizi) esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olingan holda ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Tergov departamenti