O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul tashkillashtirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Yo.J.Isabayev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning sohaga oid muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Ellikqal’a tumani Xalq qabulxonasi binosida To‘rtko‘l, Beruniy, Ellikqal’a va Amudaryo tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan navbatdagi Sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish va ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Qabul jarayonida fuqarolarning jinoyatchilikka qarshi kurashish, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov sohalaridagi muammo va takliflari yuzasidan murojaatlari qabul qilinib, ularning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolardan jami 16 ta murojaat kelib tushib, ularning 14 tasi ya’ni 87,5% ijobiy hal etildi va 2 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlarni o‘rganish va vaqt talab etishini inobatga olib, mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Text to speech