O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi qabulda ijobiy hal etildi

Joriy yilning 30 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida 1 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etadi.

Murojaatlarning 2 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berildi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar Tergov boshqarmasi boshlig‘i shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov boshqarmasining (75) 221-12-25 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim N.Maydonovaning (97)111-56-11 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech