O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi

Joriy yilning 03 fevral kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida, 1 tasi qabul qilingan qarordan norozi masalasi hamda 1 tasi dastlabki tergov to‘liq olib borilmaganligi masalalarini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan 2 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaatlari ijroga qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech