Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi
Joriy yilning 10 noyabr kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Farg‘ona, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi qabul qilingan qarordan norozi, 1 tasi tergov harakatlari to‘liq olib borilmayotganligidan norozi va 1 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozilik masalasini tashkil etadi.
Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi, 1 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirish berildi.
Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.
Muallif: Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi
mayor I. Toirov
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti