O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi

Joriy yilning 07 iyul kuni Tergov departamenti rahbariyati tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Toshkent shahar, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 4 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi qabul qilingan qarordan, 1 tasi murojaatlari to‘liq ko‘rib chiqilmayotganligidan, 1 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan va 1 tasi tergov harakatlari to‘liq olib borilmayotganligidan norozilik masalalarini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi bo‘yicha esa qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech