O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolarning murojaatlari navbatdagi virtual qabulda ijobiy hal etildi

Joriy yilning 12 may kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik, 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik, 1 tasi murojaati to‘liq ko‘rib chiqlmayotganligidan norozilik masalasini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, 1 tasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratilib, Tergov departamenti rahbariyati tomonidan ijrosi alohida nazoratga olindi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech